Bayramlar

Tug‘ilgan kunlar
Har bir xodimni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaymiz va kompaniya nomidan kichik sovg‘a taqdim etamiz.

Kasbiy bayramlar
Kompaniyamizdagi har bir xodim o‘z sohasining mutaxassisi, har bir kasbning esa o‘z professional bayrami bor. Buxgalterlar kuni, marketologlar kuni, rahbarlar kuni :) Biz bu bayramlarni ham unutmaymiz va kichik sovg‘alar taqdim etamiz!

Xodimlarni taqdirlash

Har oyning 3–6-sanalarida o‘tgan oy natijalarini sarhisob qilamiz. Oylik taqdimotda servis va savdo bo‘limlarining eng yaxshi xodimlarini taqdirlaymiz.

Back-office xodimlari uchun “Oy xodimi” nominatsiyasi mavjud. Bu nominatsiya intizomli bo‘lgan va oylik rejasini bajargan xodimga beriladi.
Kompaniya g‘oliblarga sovg‘alar ham taqdim etadi :)

Sport tadbirlari

Futbol | Voleybol | Stol tennisi
Jamoamizda sportga qiziquvchilar ko‘p :) Xodimlarning sportga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash uchun haftada bir marta futbol yoki voleybol o‘yinlarini tashkil qilamiz.

Ba’zan har birimizga energiyani chiqarish kerak bo‘ladi, stol tennisini esa deyarli har kuni tushlik vaqtida yoki ish kunidan keyin o‘ynaymiz.

O‘qitish va rivojlanish

Kompaniyamizda barcha xodimlar o‘qitishdan o‘tadi. Savdo bo‘limida maxsus texnikaning texnik xususiyatlari chuqur o‘rganiladi, servis bo‘limida malaka oshiriladi, marketing yo‘nalishida esa saytlar bilan ishlash, yetkazib beruvchilarni izlash va reklama bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

KCHM GROUP xodimlari shaxsiy rivojlanishga intiladi. Shu sabab biz savdo, marketing, psixologiya, boshqaruv, motivatsiya va boshqa yo‘nalishlardagi adabiyotlarni tanlash mumkin bo‘lgan onlayn kutubxonaga kirish imkonini taqdim etamiz.

True Box

True Box — boshqacha aytganda, xodimlar g‘oyalari banki. Kompaniyamizdagi sariq-kulrang quti birinchi qavatda joylashgan.

Har bir xodim oy davomida ushbu qutiga yozuv qoldirishi mumkin. Unda taklif, savol, norozilik, minnatdorchilik, shikoyat yoki boshqa fikr yozilishi mumkin. Yozuv bosma yoki qo‘lda yozilgan, anonim yoki imzolangan bo‘lishi mumkin — bu har bir xodimning tanlovi.

Oy oxirida kompaniya rahbariyati qutini ochib, yozuvlarga javob tayyorlaydi. Shu takliflar orqali servis bo‘limidagi motivatsiya tizimi o‘zgartirilgan, xodimlar uchun qo‘shimcha mukofotlash tizimi ko‘rib chiqilgan, ish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan va tushlik menyusi yaxshilangan.