2017-yilda biz O‘zbekistonga Janubiy Koreyadan ishlatilgan maxsus texnika yetkazib beruvchi dastlabki kompaniyalardan biri sifatida faoliyatimizni boshladik. Ishlatilgan maxsus texnika — ushbu segment yetakchilari Hyundai va Volvo’ning sifatli yo‘l-qurilish texnikasini qulayroq narxda xarid qilish imkoniyatidir.
Texnikaning eskirish darajasi minimal. Bunga ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish bo‘yicha tavsiyalariga rioya qilish hamda original sarf materiallari va ehtiyot qismlaridan foydalanish orqali erishiladi. Maxsus texnika faqat sotuvdan oldingi servis ko‘rigidan o‘tgandan keyin sotuvga chiqariladi.
KCHM GROUP taklifi orqali sifatli, ishonchli va shu bilan birga maqbul narxdagi texnikani xarid qilishingiz mumkin. Biz orqali buyurtma qilinadigan barcha qurilish va yo‘l texnikasining holati ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mosligi kafolatlanadi va texnika professional qo‘llab-quvvatlashimiz bilan ta’minlanadi.
Import qilinadigan maxsus texnikaning ishlash vaqti 13 ming motosoatdan oshmaydi. Boshqacha aytganda, bu O‘zbekiston hududida ishlatilmagan texnika.
Ariza qoldirish va mavjud texnika haqida ma’lumot olish uchun www.excavatori.uz saytiga o‘ting.